Live
2
O'zbek

Saloh 1 noyabrdan beri APLda birorta ham gol urmadi

Futbol
9 fevral, 06:50
Muhammad 7 ta uchrashuvdan beri gol ura olmayapti.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Saloh 1 noyabrdan beri APLda birorta ham gol urmadi
Foto: GiveMeSport

«Liverpul» vingeri Muhammad Saloh APL 21-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda (1:2) samarali harakat amalga oshira olmadi.

Shu tariqa, 33 yoshli misrlik futbolchi APLda so‘nggi 7 ta uchrashuvdan beri gol ura olmayapti. Ushbu davr mobaynida Muhammad 3 ta assist muallifi bo‘ldi.

Saloh APLda so‘nggi marta 1 noyabr kuni «Aston Villa» darvozasiga (2:0, 10-tur) gol urgan edi. Bu mavsumda u APLda 17 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Avvalroq «Al Ittihod» Benzema o‘rniga Salohni asosiy nishon sifatida ko‘rayotgani ma'lum qilingan edi.

Bugungi yangiliklar