Bugun
8
O'zbek

Ronaldu "An Nasr"ning mashg'ulotlariga qaytdi — A Bola

Futbol
9 fevral, 12:45
Futbolchi OChL 2 doirasida Turkmaniston klubiga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Ronaldu "An Nasr"ning mashg'ulotlariga qaytdi — A Bola
Фото: Getty Images

Kristianu Ronaldu "An Nasr"ning mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik 41 yoshli futbolchi Osiyo Chempionlar ligasi 2-turida Turkmanistonning "Arkadağ" jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Bu o'yin 11-fevral, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Qayd etilishicha, Ronaldu 14-fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al Fotih"ga qarshi bahsda maydonga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu "An Nasr" safida maydonga tushmaslik orqali Saudiya jamg'armasi (PIF)ning ayrim klublarga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qarshi norozilik bildirdi.

Shuningdek, Riyod klubidagi maoshlar bo'yicha qarzdorlik ham Kristianuning "Al Ittihod"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligiga sabab bo'lgan.

Avvalroq Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytmasligi xabar qilingandi.

Bugungi yangiliklar