Krishtianu Ronaldu «An Nasr» joylashgan bazadan surat e’lon qildi va postda klubni belgiladi. Avvalroq portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi «Ar Riyod» hamda «Al Ittihod»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborgandi.
Xabarlarga ko‘ra, Ronaldu Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasi (PIF)ning «An Nasr»ni raqobatchilarga nisbatan boshqarish uslubidan norozi bo‘lgan va bu holat klubning chempionlik uchun kurashiga to‘sqinlik qilayotganini hisoblagan. Shuningdek, u Karim Benzemaning «Al Hilol»ga o‘tishiga ham raqobatga putur yetkazishi sababli qarshi chiqqani aytilgan.
9-fevral kuni Ronaldu norozilikni to‘xtatgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi — «An Nasr» klub xodimlari oldidagi maosh bo‘yicha qarzdorlikni to‘lab bergan.
Bugun esa Ronaldu klub bazasidan olingan suratni e’lon qilib, postda «An Nasr»ni belgiladi.