Live
2
O'zbek

Ronaldu 8-bor milliy chempionatda g'olib bo'ldi

Futbol
21 may, 17:40
41 yoshli hujumchi bungacha 3 ta mamlakatda 7 bor liga g'olibiga aylangandi.
Ronaldu 8-bor milliy chempionatda g'olib bo'ldi
Foto: Getty Images

Krishtianu Ronaldu faoliyatida to'rtinchi mamlakat chempioniga aylandi.

21 may kuni portugaliyalik hujumchi toʻp tepayotgan “An Nasr” liganing soʻnggi — 34-turida “Damak”ni 4:1 hisobida magʻlub etib, Saudiya Arabistoni chempionligini qoʻlga kiritdi.

«An Nasr» 86 ochko jamg'ardi va ikkinchi o'rinni egallagan «Al Hilol»ni (84) 2 ochkoga ortda qoldirdi.

Bu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi ilk chempionlik sovrini bo'ldi.

Bunga qadar 41 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» bilan uch marta Angliya Premyer-ligasi chempioni bo'lgan. Shuningdek, u «Real» va «Yuventus» safida ikki martadan Ispaniya hamda Italiya chempionligini qo'lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar