Mashhur insayder xabariga ko‘ra, klub va 40 yoshli mutaxassis deyarli to‘liq kelishuvga erishgan, barchasi yakuniy bosqichda.
Ma’lumot uchun, Tedeskoning oxirgi ish joyi Turkiyaning «Fenerbahche» klubi bo‘lib, u yerda murabbiy 2025-sentyabridan 2026-yil apreligacha ishladi. Shuningdek, Tedesko «Leypsig», «Shalke», «Ersgebirge», «Spartak» va Belgiya milliy jamoalarida faoliyat olib borgan.
May oyi oxirida «Bolonya» klubi Vinchenso Italyano iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Italyano 2024-yil iyunidan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi. Klub 2025-yil uning boshchiligida Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi. 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Bolonya» 56 ochko bilan A Seriyada 8-o‘rinni egalladi.