Bugun
41
O'zbek

Rasman: Van va Pantoja o'rtasidagi revansh UFC 331 turnirining asosiy jangi bo'ladi

MMA
6 avgust, 05:05
To'qnashuv 20 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadi.
Rasman: Van va Pantoja o'rtasidagi revansh UFC 331 turnirining asosiy jangi bo'ladi
Foto: UFC

UFC engil vaznning eng engil toifasi chempioni Joshua Van (21–2) hamda sobiq chempion Aleksandre Pantoja (32–7) o'rtasidagi jang 20 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirining asosiy jangi bo'ladi. Bu haqda UFC matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

Ikki jangchi o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2025 yil dekabr oyida o'tkazilgandi. O'sha bahsning 26-soniyasida Pantojaning qo'li singan. Natijada, u texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan va chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan edi.

Avvalroq Tsarukyan UFC 331 turnirining ikkinchi asosiy jangida Raffiga qarshi jang qilishi ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar