UFC engil vazn toifasi jangchilari Arman Tsarukyan (23–3) va Maurisio Raffi (12–2) o'rtasidagi jang 20 sentabr kuni Los-Anjelesda o'tadigan UFC 331 turnirining ikkinchi asosiy jang bo'ladi.
Dastlab Tsarukyan Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqishi rejalashtirilgandi, ammo braziliyalik jangchi to'qnashuvdan voz kechdi.
Ma'lumot o'rnida, Tsarukyan 2025 yil noyabr oyida Den Hukerni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. Ayni paytda u ketma-ket 5 ta g'alabali seriya qayd etmoqda.
Raffi esa 2026 yil iyun oyida Maykl Chendlerni nokautga uchratgan. Uning UFC'dagi 6 ta jangida faqat bitta mag'lubiyat bor.