Italiyalik mutaxassis Vinchenso Italyano «Bolonya» bosh murabbiyligidan ketdi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
Klub xabarida, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishga qaror qilgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Italyano jamoani 2024-yildan beri boshqarib kelayotgan edi. 2025-yilda esa murabbiy klub bilan yangi bitimga imzo chekkandi. O‘tgan mavsumda klub A Seriyada 8-o‘rinni egalladi.