Proliga 7-tur o‘yinlari doirasida 3 ta bahs yakuniga yetdi. Peshqadam "Metallurg" Nukusda "QMU Jayhun"ga yutqazib qo‘ydi. Bekobod klubi safida Azim Ahmedov penaltida foydalana olmadi.
"Sho‘rtan" G‘uzorda "Paxtakor FJ" klubini ikki gol farqi bilan mag‘lub etdi. "Lochin" esa mehmonda "Respublika FA" bilan nursiz durang qayd etdi.
Proliga. 7-tur
QMU Jayhun – Metallurg 2:0
Gollar: Abdusalom Nuriddinov 34, Shuhrat Daryabayev 57
Sho‘rtan – Paxtakor FJ 2:0
Gollar: Behruz Saidmurodov 25 avtogol, Bekzod Suvonov 46
Respublika FA – Lochin 0:0