Bugun
6
O'zbek

"Piza" va "Verona" A Seriyani tark etadi

Futbol
1 may, 17:48
Chempionat yakuniga 3 ta tur qolganida ikki jamoa A Seriyani tark etishi kerak bo'ladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Piza" va "Verona" A Seriyani tark etadi
Фото: Getty Images

Italiya chempionatida 35-tur bellashuvlari start oldi. "Piza" o'z maydonida "Lechche"ga (1:2) yutqazib qo'yib, ligada qolish imkoniyatini yo'qotdi.

Afsanaviy shahar jamoasi 18 ochko bilan turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallagan. Chempionat yakuniga 3 ta tur qolganida 17-o'rindagi "Lechche"dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

Shuningdek, "Verona" ham liga bilan xayrlashadi. Ular 19 ochko bilan 19-pog'onada va ligada qolish imkoniyati qolmadi. "Kremoneze" ham 28 ochko bilan 18-o'rinda va ligada qolish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Avvalroq "Venesia" jamoasi A Seriya yo'llanmasiga ega bo'lgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Pisa Pisa
  • Verona Verona
Bugungi yangiliklar