Live
9
O'zbek

"Venetsiya" bir yildan so'ng yana A seriyaga qaytdi

Futbol
1 may, 13:09
"Frozinone" ham A seriyaga yo'l olishi mumkin.
"Venetsiya" bir yildan so'ng yana A seriyaga qaytdi
Фото: Getty Images

Italiya B seriyasida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda "Venetsiya" safarda "Spetsiya" (2:2) bilan qayd etdi. Bu orqali jamoa A seriyaga yo'l olish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Bu turda "Montsa" kutilmaganda "Mantoya"ga (2:3) yutqazib qo'ydi. Natijada chempionat yakuniga bir tur qolganda "Venetsiya" 2-o'rindan pastga tushmasligi oydinlashdi.

B seriya yakuniga ko'ra, turnir jadvalining kuchli uchligi quyidagicha ko'rinish oldi: "Venetsiya" (79 ochko), "Frozinone" (78 ochko) va "Montsa" (75 ochko).

Eslatib o'tamiz, "Venetsiya" bir yillik tanaffusdan so'ng A seriyaga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Klub o'tgan yili elitada 19-o'rinni egallab, quyi divizionga tushib ketgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Venezia Venezia
  • Italiya B seriyasi Italiya B seriyasi
Bugungi yangiliklar