Bugun
7
O'zbek

«Paxtakor» Elit Chempionlar ligasi pley-offida Iordaniya chempioniga qarshi o‘ynaydi

Futbol
10 iyun, 02:40
Toshkentliklar Osiyoning nufuzli musobaqasiga yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Paxtakor»  Elit Chempionlar ligasi pley-offida Iordaniya chempioniga qarshi o‘ynaydi
Foto: Getty Images

«Paxtakor» Elit Osiyo Chempionlar Ligasi saralash bosqichidagi raqibini bilib oldi.

Toshkent klubi musobaqaning o‘tish o‘yinida Iordaniya chempioni «Al Husayn» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bahs 11 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuv g‘olibi Osiyo Elit Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma oladi.

Eslatib o‘tamiz, «Al Husayn» o‘tgan mavsum Iordaniya chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» O‘zbekiston futbolidagi eng sovrindor klublardan biri bo‘lib, o'tgan mavsum Superligada 2-o'rinni egallagan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Shabab Al Hussein Shabab Al Hussein
Bugungi yangiliklar