25 iyul kuni Tojikistonda tashkil etilgan CAFA U-20 Womens Championship 2026 musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.
Turnirning soʻnggi turida Oʻzbekiston U-20 ayollar jamoasi mezbon Tojikiston U-20'ga qarshi maydonga tushib, yirik 7:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Bellashuvning ilk boʻlimida Nargiza Mamatalieva hisobni ochdi. Shundan soʻng Shahzoda Alixonova raqib darvozasini ikki bor ishgʻol qilib, ustunlikni mustahkamladi. Taym yakunlanishi arafasida jamoa sardori Shahnaz Dekanboeva ham oʻz nomini gol mualliflari qatoriga yozdirib qoʻydi va birinchi boʻlim 4:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimda ham Oʻzbekiston U-20 jamoasi tashabbusni qoʻldan boy bermadi. Sevinch Gʻulomova burchak toʻpidan soʻng hisobni 5:0 koʻrinishiga keltirdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, Yodgora Yusupova penaltilardan aniq zarba yoʻlladi. Bahsdagi yakuniy golga esa 78-daqiqada Mariya Daxova mualliflik qildi.
Shu tariqa Viktoriya Sirota boshchiligidagi Oʻzbekiston U-20 ayollar jamoasi musobaqani 3 oʻyinda 7 ochko bilan yakunlab, CAFA U-20 Womens Championship 2026 turniri gʻolibiga aylandi.
Oʻzbekiston U-20 ayollar jamoasi — CAFA chempioni
Futbol
26 iyul, 11:10
Jamoa soʻnggi turda mezbon Tojikistonni 7:0 hisobida tor-mor etdi.
Foto: UFA