Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida taekvondo WT bo‘yicha «Kim Un Yong Cup» xalqaro turniri yakunlandi.
Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston milliy jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin medallarni -54 kg vaznda Jahongir Xudoyberdiyev, -80 kg vaznda Jasurbek Jaysunov hamda -67 kg vaznda Ozoda Sobirjonova qo‘lga kiritdi.
Kumush medallar -58 kg vaznda Asadbek Samandarov va -80 kg vaznda Yodgorbek Jo‘raboyevga nasib etdi.
Bronza medallarni esa Nazarali Nazarov (-63 kg), Ayubxon Nabiyev (-68 kg), Laylo Hasanova (-53 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg), Shabbona Abduvaliyeva (-57 kg), Mohidil O‘ktamjonova (-62 kg) hamda Iroda Mirtojiyeva (+73 kg) qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, «Kim Un Yong Cup» taekvondo WT taqvimidagi nufuzli xalqaro musobaqalardan biri hisoblanadi va har yili Janubiy Koreyada o‘tkaziladi.