Live
5
O'zbek

O'zbekiston milliy jamoasining Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum

Futbol
5 may, 05:45
Kannavaro shogirdlari yig'in doirasida Superliga klublariga qarshi yopiq nazorat o'yinlarini o'tkazadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
O'zbekiston milliy jamoasining Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum
Foto: UFA

O'zbekiston milliy jamoasining Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum qilindi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

«O'zbekiston milliy jamoasi 6-26 may kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. «Milliy futbol markazi»da tashkil etiladigan yig'in doirasida vakillarimiz Superliga klublariga qarshi yopiq nazorat bellashuvlarini o'tkazadi.

Fabio Kannavaro tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxati bilan tanishing», — deyiladi xabarda.

Qayd etish lozim, tarkibda jarohatidan tiklanayotgan Masharipov, Norchayev, Karimov, Abdullayev kabi futbolchilar nomi ham qayd etilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar