Live
1
O'zbek

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" Proliga klubini yirik hisobda mag'lub etdi, "Surxon" mehmonlarda g'alaba qozondi

Futbol
27 may, 12:17
Termiz klubi guruhni peshqadam sifatida yakunladi.
O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" Proliga klubini yirik hisobda mag'lub etdi, "Surxon" mehmonlarda g'alaba qozondi
Фото: Яйпан ФК

O'zbekiston kubogi guruh bosqich o'yinlari yakuniga yetdi. "Paxtakor" Toshkentda "Kattaqo'rg'on"ni qabul qilib, 3:0 hisobida mag'lub etdi. Rustam Turdimurodov dublga erishdi.

"Surxon" mehmonlarda "Yaypan"dan ustun keldi, - 2:1. Sarvar Abduhamidov va Stefan Chinedu gollarga mualliflik qildi.

Shu tariqa, termizliklar guruhni 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga peshqadam sifatida yakunladi. "Paxtakor" esa 6 ochko to'plab, 2-pog'onada yakunladi.

O'zbekiston kubogi. 3-tur
Paxtakor – Kattaqo'rg'on 3:0

Gollar: Rustam Turdimurodov, 14 (1:0), Rustam Turdimurodov, 73 (2:0), Ibrohim Ibragimov, 76 (3:0)
Paxtakor – Quvvatov, Azmiddinov, Abdumajidov, Hamraliev, Sayitov, Bo'riyev, Resan, Ibragimov, Flamarion, Bozorov, Turdimurodov.
Kattaqo'rg'on – Qobiljonov, Ashurov, Fayzullayev, Mirahmadov, Muborakov, Sharipov, Mahmudov, Sattorov, Beglarxonov, Jumayev, Anvarov.

Yaypan – Surxon 1:2
Gollar
: Sarvar Abduhamidov, 63 (0:1), Stefen Chinedu, 81 (0:2), Asadilla G'ayratillayev, 87 (1:2).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Surxon Surxon
  • Yaypan Yaypan
  • Kattaqurgon Kattaqurgon
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar