Live
1
O'zbek

Oʻzbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Futbol
30 iyul, 00:55
OFK Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida qitʼa futboliga oid bir qator muhim qarorlar tasdiqlandi.
Oʻzbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
Foto: UFA

Oʻzbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida qitʼa futboliga oid bir qator muhim qarorlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi belgilandi. Shuningdek, 2029-yilgi U-17 Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

Yigʻilishda yana bir muhim masala hisoblangan 2028-yilgi U-23 Osiyo kubogi mezboni ham aniqlandi. Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga Osiyo saralashi vazifasini bajaradigan ushbu musobaqaga Yaponiya mezbonlik qiladi.

Bundan tashqari, OFK Ijroiya qoʻmitasi qitʼa klublar musobaqalari va yoshlik turnirlari reglamentiga oid qator oʻzgarishlarni ham tasdiqladi. Xususan, 2026/2027-yilgi mavsumdan boshlab Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi yangi 32 jamoalik format asosida oʻtkaziladi hamda U-20 Osiyo kubogi saralash tizimiga ham qator yangiliklar joriy etiladi.

Avvalroq Oʻzbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qilishi maʼlum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar