-55 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Samandar Olimov dastlabki bosqichda tailandlik Kangpi Boxuntodga qarshi bahs olib bordi. Uch raund davom etgan jang yakunida hakamlar 2:3 hisobini qayd etdi va g‘alaba tailandlik bokschiga berildi. Shu tariqa Olimov Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini dastlabki bosqichdayoq yakunladi.
-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sitora Turdibekova esa turnirdagi ilk jangida vetnamlik Xa Txi Linga qarshi ringga chiqdi. Bahs davomida ishonchli harakat qilgan Turdibekova hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu natija Turdibekovaga Osiyo o‘yinlarining chorakfinal bosqichiga yo‘l olish imkonini berdi.