"Barselona" yarimhimoyachisi Dani Olmo yozgi transfer oynasida klubni tark etmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Milanning "Inter" klubi Olmo xizmatlariga qiziqish bildirayotgan edi. Shunga qaramay, "ko'k-anorranglilar" Danini qo'yib yubormoqchi emas. Shuningdek, futbolchi ham klubni tark etishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Leyptsig"ga 55 million yevro to'lagan edi. Bu mavsum yarimhimoyachi barcha turnirlarda 38 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urgani va 7 ta assist qayd etgani ma'lum.