"Inter" "Barselona" futbolchilari Dani Olmo va Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Calcio Mercato xabar berdi.
"Koʻk-anorranglilar" ham Alessandro Bastoni transferida futbolchilarni kelishuvga qoʻshish variantini koʻrib chiqmoqda. Qayd etilishicha, "neradzurri" himoyachini sotish masalasini faqat kataloniyaliklar kamida 80 million yevro taklif qilgan taqdirda muhokama qilishga tayyor.
"Barselona" esa narxni pasaytirish maqsadida oʻz futbolchilaridan birini kelishuvga qoʻshishi mumkin. Milanliklar hozirda Dani Olmo va Ferran Torresga alohida qiziqish bildirmoqda. Olmo maydonda chiziqlar orasida samarali harakat qilishi bilan qadrlansa, Torres universalligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, "Inter"ga Jerard Martin ham maʼqul kelmoqda. Biroq ikki ispaniyalik futbolchidan farqli oʻlaroq "Barselona" himoyachini sotish niyatida emas.
Avvalroq "neradzurri" Bastonini Kataloniya klubiga faqat bir shart bilan qoʻyib yuborishi maʼlum qilingandi.