Live
2
O'zbek

Nasri qit'a chempionligini Marokashga olib bergan Afrika futbol konfederatsiyasini tanqid qildi

Futbol
18 mart, 07:35
«Agar ular bayonotni o'yin kuni kechqurun yoki ertasi kuni berishganida ham tushunsa bo'lardi...», — deydi Samir.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Nasri qit'a chempionligini Marokashga olib bergan Afrika futbol konfederatsiyasini tanqid qildi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Samir Nasri Afrika futbol konfederatsiyasining (CAF) 2026 yilgi Afrika Millatlar Kubogida Marokashga g'alabani berish qarorini tanqid qildi.

CAF finaldan ikki oy o'tib, Marokash apellyatsiyasini qanoatlantirdi va 90+8-daqiqada Brahim Diasga nisbatan qo'pollik uchun belgilangan penaltidan keyin norozilik bildirib, maydonni tark etgani sabab Senegal milliy jamoasiga final uchun 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozdi.

O'shanda final 13 daqiqadan keyin qayta boshlangan va Brahim penaltini golga aylantira olmagandi. Bellashuv senegalliklarning g'alabasi (1:0) bilan yakunlangandi.

«Agar ular (CAF) bayonotni o'yin kuni kechqurun yoki ertasi kuni berishganida, tushungan bo'lardik, lekin bunday emas… Keyingi safar buni 2035 yilda e'lon qilishadimi?

Bu kulgili: senegalliklar kubok bilan uyga qaytishdi, nishonlashdi va bazm uyushtirishdi — endi nima qilish kerak? Rostini aytsam, bu CAF'ning yana bir obro'sizlanishidir», — deya Nasrining so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
  • Senegal Senegal
  • Afrika Millatlar Kubogi Afrika Millatlar Kubogi
Bugungi yangiliklar