«Nasaf» klubi Fransiyaning «Marsel» klubi rivojlanish, xalqaro va strategik tashabbuslar bo‘yicha direktori Janluka Santanyelloni qabul qildi.
Tashrif davomida mehmon «Nasaf»ning infratuzilmasi, jumladan, akademiya, qizlar akademiyasi va asosiy jamoa mashg‘ulot bazasi bilan tanishdi. Shuningdek, klub rahbariyati bilan yoshlar futbolini rivojlantirish, futbol metodikasi va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik qadamlari bo‘yicha kelishib oldi.

Foto: Nasaf
Shundan so‘ng Santanyello Qarshidagi «Markaziy» stadionida OFK Chempionlar ligasi 2 doirasida «Nasaf» va Bahraynning «Al Xaldiya» klublari o‘rtasida o‘tkazilgan bahsni tomosha qildi.
«Nasaf» klubi «Marsel» vakiliga bildirilgan qiziqish va samarali muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.

