«Napoli» «Roma» forvardi Artyom Dovbikka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka di Marzio xabar berdi.
Neapolliklar 28 yoshli ukrainalik futbolchini jarohat olgan Romelu Lukakuga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda. Belgiyalik hujumchi uch oydan ortiq vaqt davomida maydonga tusha olmasligi mumkin.
Xabar qilinishicha, «Napoli» Dovbik bilan birga Rasmus Hoylund («Manchester United»), Jeymi Vardi («Lester» sobiq futbolchisi) va Tolu Arokodare («Genk») transferi imkoniyatlarini ham o'rganmoqda.
Avvalroq «Milan» Dovbikni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani ma'lum qilingandi.