«Milan» «Roma» hujumchisi Artyom Dovbikni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport portali xabar berdi.
Ukrainalik forvard «rossoneri»ning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Milanliklar futbolchining o‘yin uslubini yuqori baholaydi. Shu bilan birga, Rim jamoasi ham Dovbikni sotishga qarshi emas, ammo hozircha ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Artyom 2024 yil yozida «Jirona»dan «Roma»ga kelib qo‘shilgan. O‘sha paytda rimliklar hujumchining transferi uchun 30,5 million yevro sarflagandi.
Avvalroq «Everton» Dovbik bilan muzokaralarni boshlagani ma'lum qilingandi.