"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Athletic xabariga ko‘ra, "irislar" ukrainalik 28 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarni boshlagan.
Qayd etilishicha, "Everton" Dovbik transferi uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, u 2024 yil yozida "Girona"dan "Roma"ga kelib qo‘shilgan. Rim klubi Artyomning transferi uchun 30,5 million yevro sarflagandi.
O‘tgan mavsum Dovbik A Seriyada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq Artyom "Milan"ga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.