Bugun
15
O'zbek

Dovbik "Milan"ga o‘tishi mumkin

Futbol
31 iyul, 06:35
Hujumchi taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.
Dovbik "Milan"ga o‘tishi mumkin
Foto: Tribuna.com

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik "Milan"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Ukrainalik futbolchining xizmatlari milanliklarga vositachilar orqali taklif etilgan. Agar yaxshi taklif tushsa, "Roma" Artyom bilan xayrlashishga tayyor. Hujumchi taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.

Qayd etish lozim, Dovbik o‘tgan mavsum A Seriyada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu jamoa futbolchilari orasidagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Avvalroq ukrainalik forvardga hozirda bir nechta APL klublari jiddiy qiziqish bildiraotgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar