"Roma" hujumchi Artyom Dovbik bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar berdi.
Agar takliflar taxminan 40 million yevro atrofida bo‘lsa, rimliklar ularni ko‘rib chiqishga tayyor. Ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik hujumchiga hozirda bir necha APL klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish lozim, Dovbik o‘tgan mavsum A Seriyada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu jamoa futbolchilari ichidagi eng yuqori natija hisoblanadi.
Avvalroq "Roma" Uesli transferini e’lon qilgani ma’lum qilingandi.