Italiyaning "Roma" klubi "Flamengo" futbolchisi Ueslini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Rimliklar braziliyalik himoyachi transferi uchun 25 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda yana 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi aytilgan.
Uesli yangi jamoasida 43-raqam ostida harakat qiladi. Futbolchi va klub o‘zaro besh yillik shartnomaga imzo chekkan.
Bu mavsumda 21 yoshli himoyachi Braziliya chempionatida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 3 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi. Avvalroq "Roma" Fergyuson transferini e'lon qilgandi.