Rimning “Roma” klubi “Brayton” hujumchisi Evan Fergusonni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi rimliklarga mavsum yakunigacha ijaraga berildi. “Bo‘rilar” kelasi mavsumda uni 40 million yevro evaziga sotib olishi mumkin.
Ferguson yangi jamoasida 11-raqam ostida harakat qiladi. 21 yoshli irlandiyalik futbolchi bunga qadar “Vest Hem” safida ijara asosida harakat qilgandi.
Avvalroq “Roma” 21 yoshli “Flamengo” himoyachisi bilan kelishuvga erishgani haqida ma’lum qilingandi.
