Live
1
O'zbek

“Roma” “Flamengo” himoyachisi bilan kelishuvga erishdi

Futbol
21 iyul, 05:51
21 yoshli futbolchi rimliklarga deyarli 30 million yevroga tushadi.
“Roma” “Flamengo” himoyachisi bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

“Flamengo” himoyachisi Uesli Franka “Roma”ga o'tishga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko'ra, rimliklar 21 yoshli futbolchi uchun Braziliya klubiga 25 mln yevro to'lashadi. Bu qiymat bonuslar hisobiga 30 mln yevroga yetishi ham mumkin.

“Flamengo” Uesliga o'rinbosar topishi bilan transfer rasmiylashtiriladi.

Himoyachi “Roma”ga o'tishi sababli Braziliya chempionatining 15-turidan o'rin olgan “Fluminense” bilan bahs qaydnomaga kiritilmadi.

Bu mavsumda Uesli Braziliya chempionatida 27 o'yin o'tkazib, 1 gol va 3 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Bungacha “Roma” “Brayton”dan Evan Fergyuson transferini ham hal qilgandi.

Bugungi yangiliklar