Live
5
O'zbek

«MYU» ijrochi direktori Fernandeshning kelajagi haqidagi gapirdi

Futbol
5 iyun, 07:19
«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Omar Beradda jamoa sardori haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«MYU» ijrochi direktori Fernandeshning kelajagi haqidagi gapirdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Omar Berrada jamoa sardori Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi.

Portugaliyalik yarimhimoyachi, ehtimol, Angliyadagi eng yorqin mavsumini o‘tkazdi. «Qizil iblislar» yetakchisi Premer-Ligada bir mavsum davomidagi golli uzatmalar soni bo‘yicha rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi (21).

«Brunu – fantastik sardor, mutlaqo fantastik. Albatta, uni qolishini istaymiz. U bu mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, lekin, yanada muhimrog‘i, u barchaga yetakchi sifatida qanchalik kuchli ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Odamlar uning maydon tashqarisida o‘zini qanday ko‘rsatishini bilishmaydi. Shubhasiz, u alohida e’tirofga loyiq», – deya Berradaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi centredevils.

Ma’lumot uchun, Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar