Ammo Bloomberg News agentligining ma’lumotiga ko‘ra, bu tez orada davr o‘z yakuinga yetishi mumkin.
Gleyzerlar hukmronligi mobaynida klub 5 marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va 3 marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynadi, 2008-yilda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ammo bu muvaffaqiyatlar 2013-yilgacha bo‘lgan birinchi davrda sodir bo‘lib, klubni ser Aleks Fergyuson tark etgach ko‘p narsa o‘tmishda qoldi. So‘nggi yillarda vaziyat ancha yomonlashgan.
Shuning uchun ham Gleyzerlar oilasining ba’zi vakillari klub aksiyalarini sotish to‘g‘risida o‘ylamoqda. 2024-yilda ular klub aksiyalarining 29%ni Jim Retkliffga sotdi, hozir esa nazorat paketini ham yo‘qotishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, mish-mishlar «MYU» aksiyalarining Angliya birjasida yetti foizga tushib ketishiga olib keldi.
O‘z navbatida klub vakillari bu masala yuzasidan biror bir izoh berishni istamagan.