«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo mavsumni omadsiz boshlagan vinger Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi.
«Men his-tuyg‘ularimni yashirmayman. Vinisiusning hozirgi davrni boshdan kechirayotganini ko‘rish men uchun og‘riqli va qayg‘uli.
U yaxshi formada bo‘lishni, o‘yinlar taqdirini hal qilishni va jamoa o‘yiniga ta’sir ko‘rsatishni istaydi. Meni hayratlantirgani — u o‘zining avvalgi darajasiga qaytish uchun juda qattiq mehnat qilayotgan ajoyib yigit ekan.
Men «Real»ning haqiqiy muxlislarini hurmat qilaman va ular haqida gapirayotganim yo‘q. Lekin Vinisiusning hozir biz bilgan buyuk futbolchiga o‘xshamayotganini ko‘rish men uchun ham og‘ir.
Sizlarning ko‘pchiligingiz ta’siri ostida bo‘lgan odamlar esa uni qo‘llab-quvvatlamayapti. U bunga loyiq. U «Real» muxlislariga shuncha quvonch ulashgan avvalgi Vinisiusga qaytishni juda xohlayapti», — dedi Mourinyo.
Qayd etish lozim, bu mavsumda 26 yoshli braziliyalik futbolchi 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta assist amalga oshirdi.
Ma’lumot o‘rnida, madridliklar La Liga navbatdagi turi doirasida o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.