Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning transfer bozoridagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassis yangi futbolchilar kelishini kutmayotganini ma’lum qildi.
«Yana transferlar kerakmi? Yo‘q. Menga bu tarkib yoqadi. Bizda yetarlicha variantlar va futbolchilar bor. Shuningdek, futbolchilarni rivojlantira olishimga ishonaman», — dedi Mourinyo El Chiringuito nashriga.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar vaqtida «Real» safini Denzel Dyumfris, Ibrahima Konate, Bernardo Silva, Mark Kukurelya, Karlos Espi va Yan Diomande to‘ldirdi.
Ma’lumot uchun, Madrid klubi yangi futbolchilar transferiga jami qariyb 225 million yevro sarfladi, futbolchilar savdosidan esa deyarli 60 million yevro daromad oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi