Live
1
O'zbek

Mourinyo «Real»dan Bernardu Silvani olib kelishni talab qilmoqda

Futbol
11 iyun, 08:30
Portugaliyalik mutaxassis yarimhimoyachini jamoa uchun muhim figura deb hisoblamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mourinyo «Real»dan Bernardu Silvani olib kelishni talab qilmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida Bernardu Silvani ko‘rib chiqmoqda.

AS nashrining xabar berishicha, bosh murabbiy Joze Mourinyo portugaliyalik futbolchining transferini shaxsan qo‘llab-quvvatlamoqda va klub rahbariyatidan ushbu bitimni amalga oshirishni so‘ragan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mourinyo Bernarduni nafaqat maydondagi sifati, balki kiyinish xonasidagi yetakchilik fazilatlari uchun ham yuqori baholaydi.

Qayd etilishicha, 31 yoshli futbolchi mavsum yakunida «Manchester Siti» bilan shartnomasi tugagach erkin agentga aylangan.

Avvalroq Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Barselona» va «Atletiko» asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rilayotgandi. Biroq Mourinyoning qiziqishi va «Real» tomonidan berilgan ijobiy signallardan so‘ng futbolchi boshqa klublar bilan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva so‘nggi yillarda «Manchester Siti»ning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lib kelgan va klub bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik yarimhimoyachi ayni paytda «Real»ning yozgi transferlar oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar