«Selta» himoyachisi Oskar Mingesa yozda klubni erkin agent sifatida tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga «Barselona», «Yuventus» va «Aston Villa» klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, himoyachi faoliyatida yangi bosqich boshlashga tayyor va «Selta»ni tark etishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Oskar Mingesa «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U 2022-yilda kataloniyaliklar safidan erkin agent maqomida «Selta»ga o‘tgandi.
Futbolchining Vigo klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil 30-iyungacha amal qiladi.
Mingesa 2025/26-yilgi mavsumda barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali himoyachini 18 million yevroga baholagan.