Bugun
34
O'zbek

«Manchester Siti» «Bornmut» yulduzi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Futbol
19 avgust, 02:41
Angliyalik yarimhimoyachi Aleks Skott «Manchester Siti»ning transfer maqsadlaridan biriga aylandi.
«Manchester Siti» «Bornmut» yulduzi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» «Bornmut» markaziy yarimhimoyachisi Aleks Skott transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» 22 yoshli angliyalik futbolchini jamoaga qo‘shib olishdan manfaatdor. Angliya vitse-chempioni Skottning ehtimoliy transferi borasida «Bornmut» bilan muzokaralarga kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Bornmut» Skottni 2023 yilda «Bristol Siti»dan 23 million yevroga sotib olgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Skott o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bugungi yangiliklar