Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor tizzasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng to‘liq mashg‘ulotlarga kirishganini ma’lum qildi.
Irlandiyalik jangchi jismoniy holatini tiklash va navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.
«Mak qaytmoqda! Sport zalida to‘liq mashg‘ulotlar boshlandi. Oyoqlar uchun kuch mashqlari, og‘irlik ko‘tarish, tizzaga tushadigan yuklamani bosqichma-bosqich oshirish va jismoniy kuchni tiklash ustida ishlayapman.
Tizzam yuklamalarga tayyor, kuchim qaytyapti, tanam esa to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. O‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga tayyorgarlik ko‘ryapman», — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik jangchi shu yilning 12-iyul kuni Maks Xolloueyga qarshi kechgan jangda tizzasidan jarohat olgan va shundan so‘ng jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.
Makgregorning oktagonga qaytish sanasi hozircha ma’lum emas.