Manuel Lokatelli 2016–2019 yillarda «Milan» safida to‘p tepgan. Futbolchi o‘sha davrni iliq xotiralar bilan eslashini ta’kidladi.
«Men «Milan»dan doim minnatdor bo‘laman. Men bu yerda barcha bosqichlardan o‘tdim, bu mening uyim edi. Menga ishongan Vinchenso Montelladan ham doim minnatdor bo‘laman.
Men hamma narsani uddalash uchun kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lmaganim sababli qiynaldim — o‘sha paytda hali juda yosh va tajribasiz edim. Mendan katta umidlar kutilgandi, ayniqsa «Yuventus» darvozasiga urgan golimdan keyin bu bosim qalbimda yanada kuchliroq sezilgandi», — dedi Lokatelli.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Lokatelli «Milan» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining yangi mavsumi shu hafta oxirida boshlanadi.