Slovakiyaning Bratislava shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionati davom etmoqda.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan kun bahslarida O‘zbekiston milliy jamoasining ikki nafar vakili bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
🥉 Bronza medali:
- 55 kg: Hojiakbar Qo‘chqorov
- 72 kg: Behruzbek Valiyev
Bugun kechki dasturda yunon-rum kurashi vakili Dostonbek Oripov oltin medal uchun bahs olib boradi. Shuningdek, ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun kurashadi.
Final:
- 60 kg: Dostonbek Oripov — Ayxan Javadov (Ozarbayjon)
Bronza medali uchun:
- 50 kg: Nilufar Nurmuhammadova — Diana Voikilesku (Ruminiya) / Yu Chjan (Xitoy) / Kamilla Pixor (Ukraina)
- 53 kg: Sohibjamol Esbosinova — Elmira Karalbayeva (Qirg‘iziston) / Dinara Dauilkizi (Qozog‘iston)