Bugun
39
O'zbek

«Klub bilan muhokama qilganlarimiz o‘rtamizda qoladi» —Tedesko «Bolonya»dagi iste’fosi haqida

Futbol
17 sentabr, 05:30
Italiya klubi sobiq ustozi shahardagi iliq kutib olish uchun minnatdorlik bildirdi.
«Klub bilan muhokama qilganlarimiz o‘rtamizda qoladi» —Tedesko «Bolonya»dagi iste’fosi haqida
Foto: Getty Images

Germaniya-italiyalik mutaxassis Domeniko Tedesko «Bolonya» bosh murabbiyi lavozimidan iste’foga chiqarilgach, klubdagi qisqa faoliyati haqida fikr bildirdi.

«Klub bilan muhokama qilganlarimiz o‘rtamizda qoladi. Shaharda meni juda yaxshi kutib olishdi. Bu iliqlik uchun qandaydir javob qaytarishni xohlagandim. Juda xafa bo‘ldim, chunki bu insonlar bundan-da ko‘prog‘iga loyiq edi, ammo afsuski, stadionga atigi ikki marta bordim», — deya Tedesko so‘zlarini Football Italia keltirdi.

Mutaxassis shahar va stadiondagi muhitni yuqori baholadi hamda uni iliq kutib olgan barchaga minnatdorlik bildirdi.

Tedesko avval 2019–2021 yillarda Moskvaning «Spartak» klubida ishlagan. «Bolonya» A Seriyadagi dastlabki to‘rtta bahsdan so‘ng bir ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bolonya Bolonya
Bugungi yangiliklar