Afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida ham O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi xabar berdi.
«XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar milliy jamoasi safida quyidagi sportchilar himoya qiladi:
🔺Oksana Chusovitina;
🔺Aleksandra Shevchenko;
🔺Dildora Aripova.
Murabbiylar:
🔺 Rakova Elvira;
🔺 Markelov Andrey», — deyiladi xabarda. Avvalroq XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar tarkibi ma’lum qilingandi.