UFC yengil vazn chempioni Jastin Geyji Ilya Topuriyaning so‘nggi bayonotlariga munosabat bildirdi.
«Uning ayblovlariga javobim bormi? Yo‘q, men shunchaki chempionlik davrimdan zavqlanyapman. U yozayotgan gaplarga hech kim ishonmaydi. Men har bir raqibimning yuzini shunday ahvolga solganman.
Revanshga tayyormanmi? Albatta. Axir men uni rosa do‘pposladim», — dedi Geyji.
Avvalroq Topuriya Geyjini qo‘lqoplar bilan bog‘liq manipulyatsiyada bilvosita ayblagandi.
«Keyingi safar Jastin qo‘lqoplariga qandaydir g‘alati narsa solib olmasligi uchun ularning tekshirilishini shaxsan nazorat qilaman», — degandi Topuriya.