Live
11
O'zbek

Kapadze: "O'FA meni qiynab qo'ydi. Xorijlik murabbiy xohlashayotgani bo'yicha rasmiy izoh berishsa bo'lardi"

Futbol
10 sentabr, 03:35
Milliy jamoa ustozi uning o'rniga xorijlik murabbiy kelishi haqidagi gaplardan charchaganini aytdi.
Kapadze: "O'FA meni qiynab qo'ydi. Xorijlik murabbiy xohlashayotgani bo'yicha rasmiy izoh berishsa bo'lardi"
Foto: UFA

O'zbekiston milliy jamoasi ustozi Temur Kapadze uning o'rniga xorijlik murabbiy kelishi haqidagi gaplar va bu borada rasmiy izoh yo'qligi uni charchatganini aytdi.

«Albatta, yangi murabbiy kelishi borasidagi gaplar turnir davomida o'z ta'sirini ko'rsatdi. Ish bilan chalg'ishga harakat qilaman desam, ko'rgan odam "Aka, nima bo'lyapti?" deb so'rayveradi. Hattoki ayrim futbolchilar ham so'rashdi.

Hammasini rasmiy izoh orqali tartibga solsa bo'lardi. Agar xorijlik murabbiy jalb qilmoqchi ekan, kichik matbuot anjumani tashkillashtirib "Jahon chempionati tajribasiga ega murabbiy qidiryapmiz. Temurga qilgan ishlari uchun rahmat" deb aytib qo'yishsa bo'lardi. Hamma menga savollar beraverdi. Shu tomondan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi meni qiynab qo'ydi. Ehtimol, o'zlari ham hali yakuniy qarorga kelishmagandir.

Agar top darajadagi xorijlik murabbiy kelsa, qarshiligim yo'q. Uning yonida yurib, ko'p narsa o'rganishim mumkin», — dedi Kapadze Oriat Dono radiosidagi «Futbol+» ko'rsatuvida.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy jamoasi Kapadze bilan CAFA Nations Cup turnirida g'olib bo'ldi.

Bugungi yangiliklar