Live
1
O'zbek

Kamoliddin Tojiyev: «Kimga to‘qnash kelsak, o‘sha jamoa bilan o‘ynaymiz»

Futbol
27 may, 14:46
«Paxtakor» ustozining «Kattaqo‘rg‘on»ga qarshi bahsdan so‘ng fikrlari.
Kamoliddin Tojiyev: «Kimga to‘qnash kelsak, o‘sha jamoa bilan o‘ynaymiz»
Фото: Пахтакор ПФК
27.05.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 3 : 0 Kattaqurgon Kattaqurgon

O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» «Kattaqo‘rg‘on» (3:0) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bugun bizga g‘alaba zarur edi. Yigitlar buni yaxshi tushungan holda harakat qilishdi. Ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik va ulardan foydalandik. Avvalgi bahslarda bizga shu narsa yetishmagandi. Nimchorak finalga chiqdik. Qur'ada kimga ro‘para bo‘lsak, o‘sha jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Raqibning farqi yo‘q. Kubokda keyingi bosqich sari har bir raqibni mag‘lubiyatga uchratish shart», — deya Tojiyevning so‘zlaridan keltiradi «Paxtakor» matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «sherlar» o‘z guruhida 6 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. 1/8 finalda ular mehmondagi o‘yinda harakat qilishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Kattaqurgon Kattaqurgon
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar