Bugun
27
O'zbek

Jezush: «Ronaldu bilan Gonkongda o‘ynaganimizda, 55 ming muxlis kelgan. Usiz borganimizda esa — 5 ming»

Futbol
23 sentabr, 18:30
Portugaliya bosh murabbiyi 41 yoshli hujumchini mamlakat ramzi deb atadi.
Jezush: «Ronaldu bilan Gonkongda o‘ynaganimizda, 55 ming muxlis kelgan. Usiz borganimizda esa — 5 ming»
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezushdan Krishtianu Ronaldu Uelsga qarshi o‘yinni to‘liq o‘tkazadimi, deb so‘rashdi.

«Krishning o‘ynashga tayyor yoki tayyor emasligi borasidagi xavotiringizni payqadim. Krish — Portugaliyaning ramzi. Bu unga har bir o‘yinda maydonga tushish huquqini bermaydi, ammo tushunishingiz uchun bir misol keltiraman: biz «An Nasr» bilan Gonkongda u ishtirok etmagan o‘yin o‘tkazdik — bahsga 5 ming kishi keldi. U o‘ynaganida esa 55 ming kishi kelgan.

U Uelsga qarshi o‘ynaydi va umid qilamanki, tezroq 1-2 ta gol uradi. Shunda uni ertaroq almashtirishim mumkin bo‘ladi»
, — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Record.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar