Live
1
O'zbek

JCH-2026ga qo‘yilmagan hakam Yevropa Superkubogini boshqaradi

Futbol
11 iyun, 09:58
Omar Artan UEFA tomonidan nufuzli bahsga tayinlandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCH-2026ga qo‘yilmagan hakam Yevropa Superkubogini boshqaradi
Foto: Getty Images

2026 yilgi Jahon chempionatida ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan somalilik hakam Omar Artan yangi nufuzli tayinlov oldi.

Afrikaning yetakchi referilaridan biri 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogi bahsini boshqaradi. Uchrashuvda «PSJ» va «Aston Villa» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Artanga AQSH hududiga kirish taqiqlangani sabab u Jahon chempionatida ishlay olmasligi ma’lum bo‘lgandi. Xabarlarga ko‘ra, hakam deportatsiya qilinishidan oldin 11 soat davom etgan immigratsion suhbatdan ham o‘tgan.

Mazkur holat futbol jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. AQSH hukumati vakillari esa bu qaror uchun «jiddiy asoslar» mavjudligini bildirgan.

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin esa somalilik hakamning yangi tayinlovi haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Omar Artan — yosh bo‘lishiga qaramay, katta tajribaga ega va Afrika futbol konfederatsiyasi musobaqalarida o‘zini yuqori saviyada namoyon qilgan hakam. Futbol odamlarni birlashtirishi kerak. UEFA Omar va uning hakamlik mahoratiga bo‘lgan hurmatini namoyish etmoqchi. Aynan shu sifatlari unga ushbu nufuzli tayinlovni olib keldi», — dedi Cheferin.

Ma’lumot uchun, Omar Artan 2025 yilda Afrika qit’asining eng yaxshi hakami deb topilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar