Transfermarkt JCh-2026 yakunlaridan so‘ng Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinyaning transfer qiymatini 10 baravar oshirdi.
Mundial boshlanishidan avval 50 ming yevroga baholangan tajribali posbonning transfer qiymati endilikda 500 ming yevroni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, Vozinya 40 yoshdan oshgan darvozabonlar orasida transfer qiymati bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi eng qimmat posbonga aylandi. Bu borada undan faqat quyidagi darvozabonlar yuqorida turibdi:
- Manuel Noyer — 4 million yevro;
- Igor Akinfeyev — 1 million yevro;
- Fernando Muslera — 700 ming yevro.
JCh-2026da Vozinya 4 ta bahsda maydonga tushib, ularning ikkitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Qayd etish joiz, Vozinyaning Portugaliyaning «Shavish» klubi bilan tuzgan shartnomasi ushbu yozda yakuniga yetgan. Kabo-Verde esa o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etib, 1/16 finalda Argentinaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan holda musobaqani tark etdi.