Bugun
34
O'zbek

«Inter» «Liverpul» futbolchisi uchun 30 mln yevro taklif qilmoqchi

Futbol
19 avgust, 02:14
Milano klubi Kertis Jonsni transfer qilishni ustuvor maqsadlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
«Inter» «Liverpul» futbolchisi uchun 30 mln yevro taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Inter» «Liverpul» yarimhimoyachisi Kertis Jons transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. «Neradzurri» yaqin kunlarda 25 yoshli futbolchi uchun 30 million yevrolik taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Jons «Inter»ning transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Avvalroq «Liverpul» o‘z tarbiyalanuvchisi uchun qariyb 40 million yevro talab qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi futbolchi uchun talabini 35 million yevro atrofida belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, Kertis Jonsning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Futbolchining o‘zi «Inter»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Jons o‘tgan mavsumda «Liverpul» safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Bugungi yangiliklar