Bugun
59
O'zbek

Ibrahima Ba «Sporting»ga ko‘chib o‘tdi

Futbol
22 iyul, 14:02
Portugaliya grandi markaziy himoyachi uchun 20 million yevro to‘laydi.
Ibrahima Ba «Sporting»ga ko‘chib o‘tdi
Foto: Getty Images

«Sporting» markaziy himoyachi Ibrahima Ba transferini yakunladi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan va futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan ham muvaffaqiyatli o‘tgan.

«Sporting» 21 yoshli himoyachini «Famalikan»dan 20 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Shuningdek, kelishuvga futbolchining keyingi transferidan 20 foizlik ulush bandi ham kiritilgan.

Manbaga ko‘ra, Ibrahima Ba avvalroq «Strasbur»ga o‘tishi kerak edi. Biroq u tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagani sabab transfer bekor bo‘lgan. Endilikda himoyachi faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

Qayd etish joiz, «Sporting» Ibrahima Bani yozgi transfer oynasida jamoani tark etgan Usmon Diomandening o‘rnini to‘ldirish uchun xarid qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sporting CP Sporting CP
Bugungi yangiliklar